Zelenskiy Putin bilan uchrashsa, nimani muhokama qilishini aytdi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan uchrashganda anneksiya qilingan Qrim va Donbass masalasini ko‘tarishini aytdi. Bu haqda u matbuot anjumanida so‘z ochgan

"Men Rossiya Federatsiyasi Prezidenti bilan muhokama qiladigan narsalar nafaqat meni, balki hammani qiziqtiradigan masalalar deb o‘ylayman. Bu hududiy yaxlitlik masalasidir. Bizning Donbassimiz, Qrimimiz qanday yashashni davom ettiradi? Bu haqda qayerda va qaysi nuqtada kelishib olishimiz mumkinligini gaplashamiz", deydi Prezident.

Uning qo‘shimcha qilishicha, eng muhimi, Ukraina bu masalani ko‘tarmoqda va hozir Rossiya Federatsiyasi javobini eshitmoqda.

“Bizga yoqadigani emas-u, lekin qanaqa bo‘lsa ham muzokara boshlandi. Shuning uchun keraksiz sentimentalliksiz, dialog juda mazmunli bo‘ladi, deb ayta olaman. Garchi hamma narsa bo‘lishi mumkin", deya qo‘shimcha qilgan Zelenskiy.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan shaxsiy uchrashuvga tayyor 
ekanini yana bir bor ma’lum qilgandi. 

Prezident devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyakning aytishicha, Ukraina va Rossiya Prezidentlari o‘rtasidagi muzokaralar Donbasdagi to‘qnashuvdan so‘ng bo‘lib o‘tishi mumkin va unda Kiyev g‘alaba qozonishga bel bog‘lagan.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegarasida tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

62

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing