Zelenskiy AQSH Kongressida nutq so‘zlab, ikki shartidan birini bajarishni so‘radi

Olam

image

Kecha, 16 mart kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH Kongressiga videomurojaat qilib, yana bir bor Ukraina osmonini yopish zarurligini aytdi.

Zelenskiy Kongress a’zolariga 1941 yilda Perl-Harborga hujum va 2001 yil 11 sentyabrdagi hujumlarni eslatgan. 

“Rossiya Ukraina osmonini minglab odamlar uchun o‘lim manbaiga aylantirdi”, degan u.

Ukraina Prezidentining ta’kidlashicha, agar osmonning yopilishi “haddar tashqari” (chora – tahr.) bo‘lsa, unda alternativa: S-300 havo mudofaa tizimlari yoki shunga o‘xshash tizimlar, shuningdek, aviatsiya borligini qayd etgan.

Zelenskiy AQSHni Rossiyaga qarshi sanksiyalarni “Rossiya urush mashinasi to‘xtamaguncha” davom ettirishga chaqirdi va xalqaro “U-24. United for Peace” (Tinchli kuchun ittifoq) ni tuzishni taklif qildi. Dunyo bo‘ylab mojarolarni “darhol” to‘xtatadigan yoki tabiiy ofatlarga yordam beradigan tinchlik uchun birlashma.

CNN manbalariga ko‘ra, NATO davlatlari allaqachon Ukrainaga S-300 dan pastroq balandlikdagi, ammo qanotli raketalarni urib tushirishga qodir bo‘lgan sovet mobil havo mudofaa tizimlarini yuborgan.

Avvalroq AQSH Prezidenti Jo Bayden Ukrainaga 1 mlrd dollarlik qurol-yaroq yuborish to‘g‘risidagi hujjatni imzolagani xabar qilingandi.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

115

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing