Yun Sok Yol so‘roqda ishtirok etmaydigan bo‘ldi

Olam

image

Janubiy Koreyaning hokimiyatdan chetlatilgan prezidenti Yun Sok Yol sog‘lig‘i sababli o‘tkazilishi kerak bo‘lgan keyingi so‘roqda ishtirok eta olmaydi. Bu haqda “Yonhap” xabar berdi.

“Prezident Yun o‘zini yaxshi his qilmayapti va kecha o‘z ahvolini to‘liq tushuntirib berdi”, degan davlat rahbarining advokati Yun Gap Geun. 

Manbaga ko‘ra, so‘roq ishlari keyinga surilishi mumkin. 

Qo‘shimcha qilinishicha, 15 yanvar kuni Yun Sok Yol 10 soatlik so‘roq paytida ko‘rsatma berishdan bosh tortgan. Janubiy Koreya axborot agentligining xabar berishicha, davlat rahbari 15 yanvardagi isyonga aloqadorlikda ayblanib, hibsga olinganidan keyin tunni tergov izolyatorida o‘tkazgan. Avvalroq siyosatchining advokatlari Korrupsiyaga qarshi tergov boshqarmasidan (CIO) 16 yanvar ertalabga belgilangan surishtiruv boshlanishini keyinga surishni so‘ragan. Yun Sok Yol so‘roqqa o‘z ixtiyori bilan kelishga qaror qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 3 dekabr kuni kechqurun Yun Sok Yol Janubiy Koreyada harbiy holat e’lon qilgan edi. Ammo bu holat taxminan olti soatdan keyin bekor qilindi. Shundan so‘ng, 14 dekabr kuni Yun Sok Yolga nisbatan impichment e’lon qilindi. Oqibatda uning vakolatlari to‘xtatildi.

Birlashgan tergov guruhi 14 dekabr kuni parlamentda impichment e’lon qilinganidan keyin vakolatlari to‘xtatilgan Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yolni hibsga olishga order berish uchun Seul sudiga murojaat qilgandi. Janubiy Koreya sudi tergovchilarning iltimosini qanoatlantirib, Yun Sok Yolni hibsga olishga order berdi. Orderga ega tergovchilar 3 yanvar kuni mamlakat tarixida birinchi marta prezident qarorgohiga uni hibsga olish maqsadida yetib borgan, ammo tergovchilar Yun Sok Yolni hibsga olish bo‘yicha bo‘lgan besh soatlik qarama-qarshilikdan so‘ng unga qarshi order ijrosini to‘xtatishga qaror qilgan.  7 yanvar kuni Janubiy Koreya sudi mamlakat prezidenti Yun Sok Yolni hibsga olish uchun yana order berdi.  15 yanvar kuni huquq-tartibot idoralari Janubiy Koreya prezidentini fitna ishi bo‘yicha hibsga oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya Yun Sok Yol'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing