Yevropaning uch davlati Rossiya bilan til topishishga chaqirmoqda – “Reuters”

Olam

image
0:00
0:00
download

Italiya va Vengriya Yevropa Ittifoqini Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish va tajovuzkor mamlakat bilan tinchlik muzokaralarini o‘tkazish uchun aniq qadamlar tashlashga chaqirdi, boshqa a’zo davlatlar esa navbatdagi sammit oldidan Moskvaga nisbatan qattiq pozitsiyani egallashga qaror qilgan. Bu haqda “Reuters” xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 30-31 may kunlari bo‘lib o‘tadigan va 19 maydagi sammitning yakuniy bayonoti loyihasida Yevropa Ittifoqi pozitsiyasi “Ukrainaga Rossiya agressiyasidan o‘zini-o‘zi himoya qilish bo‘yicha o‘zining ajralmas huquqini amalga oshirishda yordam berish majburiyatida qat’iy” deya ta’riflangan. Unda tinchlik muzokaralari haqida gapirilmagan.

YeI vakillarining 20 may, juma kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida Italiya elchisi, bu matnni o‘zgartirishni taklif qilgan va unda tinchlik muzokaralariga ishora qilish hamda zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishni YeIning asosiy maqsadlaridan biri qatoriga kiritish kerakligini ta’kidlagani aytilmoqda.

Bu taklif uzoq vaqtdan beri ichki kelishmovchiliklar tufayli blokirovka qilingan Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini tanqid qilgan davlatlar qatorida joylashgan Vengriya va Kipr tomonidan ham qo‘llab-quvvatlangan.

Vengriya rejalashtirilgan neft embargosiga qarshi, Kipr esa Rossiya fuqarolariga ko‘chmas mulk sotish bo‘yicha taklif qilingan taqiqdan xavotirda.

Shu bilan birga, Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayen Davos iqtisodiy forumidagi nutqi davomida Rossiyaga nisbatan “shafqatsiz” munosabatda bo‘ldi va tinchlik muzokaralari haqida gapirmadi.

“Ukraina bu urushda g‘alaba qozonishi, Putinning tajovuzkorligi esa strategik muvaffaqiyatsizlik bo‘lishi kerak”, dedi u.

Boltiqbo‘yi davlatlari va Polsha Rossiyaga qarshi keskin munosabatning ashaddiy tarafdorlari qatoriga kiradi, deydi diplomatlar, Latviya esa harbiy yordamni kuchaytirish uchun yanada aniqroq harakatlanishga chaqirgan.

Qayta ko‘rib chiqilgan loyiha Yevropa Ittifoqi yig‘ilishidan keyin taqdim etilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Italiya rasmiylari Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha reja ishlab chiqqani ma’lum bo‘ldi. “La Repubblica” gazetasining yozishicha, rejada o‘t ochishni to‘xtatish va rus qo‘shinlarini Ukrainadan to‘liq olib chiqib ketish, Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bosqichma-bosqich olib tashlash, Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga tez kirishi va NATO bilan a’zo bo‘lishdan bosh tortish, Rossiya va Ukraina o‘rtasida Donbass va Qrim yarim orolining “bahsli hududlari”ga egalik qilish to‘g‘risida kelishuvga erishish, shuningdek, Yevropada yangi xavfsizlik shartnomasini imzolash ko‘zda tutilgan.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegarasida tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukrainaga bosqin Rossiya-Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

29

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing