YeI Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qayta ko‘rib chiqishi mumkin

Olam 7125
image
-

Yevropa Ittifoqi (YeI) kuzda Rossiyaga qarshi joriy qilingan sanksiyalarni qayta ko‘rib chiqishi mumkin. Bu haqda Vengriya Tashqi ishlar vazirligi vakili Tamas Menser M1 telekanali efirida aytib o‘tdi, deb xabar berdi TASS.

“Sanksiyalar [Yevropada] energiya tanqisligi va narxlarning sezilarli darajada oshishiga olib keldi. Men bunda [masalada] optimist emasman, lekin sanksiyalarni kuzda qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. Ishlarning haqiqiy holatini tobora ko‘proq odamlar ko‘rishmoqda. Sovuq kelganda va iqtisodiyotni boshqarish zarur bo‘lganda, haqiqat har bir [Yevropa] mamlakatining eshigini taqillatadi”, deydi Menser.

Ma’lumot uchun, Rossiya Ukrainaga keng ko‘lamli hujum boshlashi ortidan Yevropa, Shimoliy Amerika davlatlari, shuningdek, Yaponiya, Avstraliya va Yangi Zelandiya rasmiy Moskvaga qarshi mislsiz sanksiyalar joriy qildi. Cheklovlar Rossiya iqtisoditning tayanchi hisoblangan energetika sohasini ham chetlab o‘tmadi. 

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegarasida tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. 

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 19
Reyting: 3
t
×