YeI Rossiya iqtisodiyotini qulatmoqchi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi keng qamrovli iqtisodiy urush boshlash niyatida. Bu haqda Fransiya Moliya vaziri Bryuno Le Mer ma’lum qildi.

"Biz Rossiyaga qarshi keng qamrovli iqtisodiy va moliyaviy urush boshlaymiz", deydi Le Mer.

Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb tomonidan Rossiyaga nisbatan joriy etilgan sanksiyalar juda samarali. Shuningdek, Le Mer rasmiy Moskvaga qarshi ko‘rilgan choralar Yevropa Ittifoqi mamlakatlari iqtisodiyotiga ham ta’sir qilishi mumkinligini aytgan. Shunga qaramay, u Yevropa emas, Rossiya jabr ko‘rishini urg‘ulagan. 

Bundan tashqari, Le Mer Yevropa Ittifoqi tomonidan Rossiyaga qarshi joriy qilingan sanksiyalar uning iqtisodini vayron qilishini aytib o‘tgan. 

“AQSH va Yevropa birgalikda sayyoradagi eng qudratli iqtisodiy blokni tashkil qiladi. Biz Rossiya iqtisodiyotining qulashiga olib kelamiz”, deydi vazir. 

Unga ko‘ra, Rossiyaning muzlatib qo‘yiladigan aktivlari miqdori 1 trillion dollarni tashkil etadi hamda G‘arb, agar kerak bo‘lsa, “sanksiyalarni yanada kuchaytirishga” tayyor.

Rossiyaning Ukrainaga bosqini

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Buning ortidan Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirdi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi.

Rus qo‘shinlari dastlab Kiyev va Xarkovga raketa hujumi uyushtirdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi. Shuningdek, rasmiy idora rus qo‘shinlari Xarkov va Odessa viloyatiga kirib borganini bildirdi.

Hujum boshlanganidan ko‘p o‘tmay, LXR Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Vitaliy Kiselev Schaste va Stanitsa shaharchalari LXR nazoratiga o‘tganini e’lon qildi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

53

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing