Vengriya YeIdan Usmonov va yana ikki milliarderni “qora ro‘yxat”dan chiqarishni so‘rayapti

Olam

image

Vengriya Yevropa Ittifoqidan uch nafar rossiyalik tadbirkor – Alisher Usmonov, Petr Aven va Viktor Rashnikovni Yevropa Ittifoqining sanksiyalar ro‘yxatidan olib tashlashni so‘radi. Bu haqda kecha, 6 sentyabr kuni “Politico” gazetasi nomi oshkor etilmagan yevropalik diplomatlar va rasmiylarga tayanib xabar berdi.

Nashr manbalariga ko‘ra, Vengriya “shuningdek, Yevropa Ittifoqidan gumanitar yordam [ko‘rsatish] uchun sanksiyalarda istisnolar [ro‘yxatini] kengaytirishni so‘ragan”. Bu “Yevropa Ittifoqining boshqa mamlakatlarida Vengriya tomoni Yevropa sanksiyalarida bo‘shliqlar yaratish niyatida ekani haqida xavotir uyg‘otgan. Vaholanki Yevropa Komissiyasi qoidalarni kuchaytirishga intilmoqda.

Nashrning yozishicha, Budapeshtning pozitsiyasi “Yevropa Ittifoqining boshqa davlatlarini g‘azablantirgan”. Yevropa Ittifoqi sanksiya ostidagilarga nisbatan cheklovlarning amal qilish muddatini 15 sentyabrgacha uzaytirishi kerak. Nashr manbalariga ko‘ra, Vengriyaning iltimosi bugun, 7 sentyabr kuni Ukrainadagi vaziyatga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilishda muhokama qilinadi.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegarasida tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

22

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing