O‘zbekistonda qidiruvga berilgan erkak Istanbulda qo‘lga olindi

3-sahifa

image

O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan 35 yoshli erkak Turkiyaning Istanbul shahrida qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ma’lum qildi.

Firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblangan 1989 yilda tug‘ilgan Xolmirza Haqberdiyev Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qo‘lga olingan. U kecha, 12 mart kuni Bosh konsulxona xodimlari ishtirokida O‘zbekistonga deportatsiya qilingan.

“Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilish so‘raladi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, yil boshidan beri Turkiyada “Madam Klod” taxallusi bilan tanilgan Nilufar Mirxanova, firibgarlik ayblovi bilan xalqaro qidiruvda bo‘lgan Rita Xalilova, fuqarolarning ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini o‘zlashtirishda ayblangan Faxriddin Shakarboyev va Humoyunbek Mardonov, odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblangan “Monya”, ya’ni Munisaxon Alijonova, Ichki ishlar vazirligi tomonidan qidiruvga berilgan Saidumarxon Musayev, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarni sodir etganlikda ayblangan Zokir Fayzullayev qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Istanbul Turkiya O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing