O‘zbekistonda emlash jarayoni qaysi hududlardan boshlanadi?

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Xabaringiz bor, O‘zbekistonga shu bugungi kunga qadar  COVAX dasturi orqali 660 ming doza AstraZeneca vaksinasi, 27 mart kuni 1 million dozada ZF-UZ-VAC2001 o‘zbek-xitoy vaksinasi olib kelindi.

O‘zbekistonda aholini ommaviy ravishda koronavirusga qarshi emlash 1 apreldan boshlanishi belgilangan. Birinchilardan bo‘lib kimlar emlanishi ham oydinlashdi.

Xo‘sh, emlash tadbirlari qaysi vaksina bilan, qaysi hududdan boshlanadi? Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati  rahbari o‘rinbosari Nurmat Otabekov mazkur savollarga aniqlik kiritdi.

“Aholini koronavirusga qarshi ommaviy emlash ikkala turdagi vaksina bilan bir paytning o‘zida boshlanadi”, deydi mutaxassis.

Otabekovning aytishicha, aholini koronavirusga qarshi ommaviy emlash quyidagi tartibda amalga oshirish maqsadga muvofiq deb topilgan:

•    Aprel oyida birinchi galda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari, Toshkent shahri va boshqa katta shaharlarda ommaviy emlash tadbirlarini amalga oshirish;

•    May oyida tuman markazlari va kichik shaharlar aholisini ommaviy emlash tadbirlarini amalga oshirish;

•    Iyun oyida esa boshqa hududlarni ommaviy emlash tadbirlari bilan qamrab olish.

Mabodo may-iyun oylarida emlanishi rejalashtirilgan xavf osti guruhiga mansub aholi qatlamida koronavirusga qarshi ertaroq emlanishga hohish paydo bo‘lsa, u holda ular Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar  markazlari, Toshkent shahri va boshqa katta shaharlarda joylashgan emlash punktlariga murojaat qilishlari va belgilangan kunda kelib emlanishlari mumkin bo‘ladi.

Avvalroq, O‘zbekistonda OIV infeksiyasiga chalingan va autoimmun kasalliklariga chalingan shaxslarni, shu jumladan, anamnezida og‘ir allergik reaksiyalari mavjud bo‘lgan shaxslarni, 18 yoshgacha bo‘lganlarni, homilador va emizikli ayollarni koronavirusga qarshi emlash tavsiya etilmasligi haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

146

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing