O‘ldirilgan Prezidentning jarohatlangan bevasi erining dafn marosimida ishtirok etadi

Olam

image

Suiqasd qilingan Gaiti Prezidenti Jovenel Moizning bevasi Martin Moiz shifoxonadan chiqadi. Bu haqda “Haiti24” portali xabar bermoqda.  

Xabarlarga ko‘ra, u turmush o‘rtog‘ining dafn marosimida qatnashish uchun Gaitiga qaytishni rejalashtirgan. Gaiti Hukumatiga ko‘ra, Jovenel Moizning dafn marosimi joriy yilning 23 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. 

Avvalroq, Martin Moiz tibbiy yordam uchun shifokorlarga minnatdorlik bildirib, shifoxonadagi fotosuratini taqdim etgandi.  

Eslatib o‘tamiz, Gaiti Prezidenti 7 iyulga o‘tar kechasi shaxsiy qarorgohiga qilingan hujumda o‘ldirildi. Hujumda uning rafiqasi Martin Moiz ham jarohat oldi. Keyinchalik uning o‘limi to‘g‘risida ma’lumotlar paydo bo‘ldi, ammo Gaitining Dominikan Respublikasidagi elchixonasi bu xabarlarni rad etdi.    

Keyinchalik, Gaitining AQSHdagi elchisi Bokchit Edmond Respublikaning birinchi xonimi Martin Moiz davolanish uchun Mayamiga olib borilishini ma’lum qildi. 

Ma’lumot o‘rnida, Gaiti Senati (parlamentning yuqori palatasi) o‘z spikeri Jozef Lamberni Respublikaning muvaqqat Prezidenti deb e’lon qilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Gaiti Moiz

Baholaganlar

118

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing