Gaitida jinoiy tödalarga qarşi kuraşiş uçun Salvador 2 ming harbiysini yubordi

Olam

−

11:45 visibility274 timer2 daqiqa

image

Salvador Gaitidagi jinoiy tödalarga qarşi kuraşiş uçun mamlakatga 2 mingdan ortiq harbiy yubordi. Ular Gaiti politsiyasi bilan birgalikda poytaxt Port-o-Prensda qurolli guruhlar egallab olgan stadionni qaytardi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

Qayd etilişiça, Salvador harbiylari Gaiti politsiyasi bilan birgalikda poytaxt Port-o-Prensdagi Silvio Kator stadionini jinoiy tödalar nazoratidan qaytargan. Uşbu stadion 2024 yildan beri qurollangan guruhlar tayanç nuqtasiga aylangan, mamlakat futbol terma jamoasi esa uydagi öyinlarini xorijda ötkazişga majbur bölgan.

Salvador Prezidenti Nayib Bukele oktyabr oyi örtalaridan buyon Gaitiga 2 mingdan ortiq harbiy yuborgan. Uning hukumati bu harakatlarni jinoiy tödalarga qarşi kuraşda Gaitiga yordam beriş sifatida izohlamoqda.

Mahalliy aholi harbiylarning harakatlarini umid bilan qarşi olmoqda. Port-o-Prens köçalarida Bukeleni qöllab-quvvatlovçi namoyişlar ham ötkazilgan. Ayrim fuqarolar qurolli guruhlar hujumlari oqibatida uy-joyidan ayrilganini, öz mahallalariga qayta olmayotganini bildirgan.

Biroq operatsiyaning oqibatlaridan xavotirlanayotganlar ham bor. Ayrim faollar Salvadordagi jinoiy tödalarga qarşi kuraş jarayonida minglab begunoh odamlar ham sud jarayonisiz qamalganini eslatib, Gaitida ham tinç aholi jabr körişi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

Ma’lum qilinişiça, Salvador harbiylarining Gaitiga yuborilişiga 18 oktyabr kuni BMT kömagidagi kuçlari tarkibida işlagan tört nafar salvadorlik aviatsiya mutaxassisining öğirlanişi sabab bölgan. Salvador vitse-prezidenti Feliks Uloa ular ozod etilganidan keyin harbiylar mamlakatni tark etişini bildirgan. Biroq operatsiyaning qança davom etişi hozirça aniq emas.

Ma’lumot uçun, Gaitidagi jinoiy tödalar faoliyati oqibatida 1,5 milliondan ortiq kişi öz uyini tark etişga majbur bölgan, minglab odamlar halok bölgan. 

Eslatib ötamiz, avvalroq Gaitining markaziy Artibonit hududida xavfsizlik operatsiyasidan keyin qurolli bandalarning qasos hujumi oqibatida kamida 11 kişi halok bölgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing