Gaitida samolyot dengizga qo‘ndi (video)

Olam

image

Gaitida kichik samolyot favqulodda tarzda dengizga qo‘nishga majbur bo‘ldi. Ushbu qo‘nishdan so‘ng bortdagi yo‘lovchilar va uchuvchi qirg‘oqqa suzib chiqdi. Bu haqda “The Sun” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 8 iyul kuni kuni Ibo plyaji yaqinida sodir bo‘lgan. Kap-Ayten shahridan Port-o-Prens yo‘nalishida parvoz qilayotgan ikki dvigatelli Cessna 402B samolyoti noma’lum sababga ko‘ra dengiz yuzasiga qo‘ngan.

Internetda tarqalgan videolarda yo‘lovchilarning suv ichida qirg‘oq tomon suzib ketayotgani, samolyot esa deyarli to‘liq suv ostida qolgani ko‘rinadi.

Hodisa vaqtida bortda bo‘lgan ikki yo‘lovchi va uchuvchi suvga qo‘nganidan so‘ng yaqin atrofdagi plyajga yetib borgan. Ular favqulodda xizmatlar tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, uchala fuqaro ham omon qolgan va ularning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokistonning Ormara shahri yaqinida K2 Airways Cargo aviakompaniyasiga tegishli yuk samolyoti bedarak yo‘qolgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing