AQŞda samolyot qulaşi oqibatida uç kişi halok böldi

Olam

−

image

AQŞning Arizona ştatida, “Katta Kanon” milliy boğining şimoliy çekkasi yaqinida bir dvigatelli samolyot halokatga uçradi. Hodisa oqibatida bortdagi uç kişining barçasi halok böldi. Bu haqda AQŞ Milliy boğlar xizmati matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, Piper Comanche rusumli, tört öringa möljallangan samolyot va uning parçalari keça, 16 noyabr kuni soat 10:15 atrofida Kanonning şimoliy çekkasidagi Basin hududidan topilgan. Xizmat xabarida tirik qolganlar yöqligi aytilgan.

Samolyot bortida uç kişi bölgan. Uning yöqolgani haqida joriy yilning 15 noyabr kuni soat 23:30 atrofida ma’lum bölgan. Havo kemasining oxirgi qayd etilgan joyi ham Basin hududi bölgan.

Qidiruv-qutqaruv işlarida Arizona jamoat xavfsizligi departamenti, Kokonino va Keyn okruglarining qidiruv-qutqaruv xizmatlari hamda AQŞ Harbiy-havo kuçlarining qutqaruv operatsiyalarini muvofiqlaştiriş markazi iştirok etgan. Samolyotni havodan qidirişda issiqlik tasvirlagiçlar va tungi köriş uskunalaridan foydalanilgan.

Qayd etilişiça, halokat sabablarini AQŞ Transport xavfsizligi milliy kengaşi Milliy boğlar xizmati kömagida örganmoqda. Halok bölganlarning şaxsi hozirça oşkor etilmagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞning Florida ştatidagi Palm-Biç okrugida xususiy samolyot turar joylar joylaşgan hududga qulagan edi. Oqibatda bortdagi 9 kişining barçasi halok bölgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing