JÇ-2026 finali ötkaziladigan stadionida yonğin sodir böldi
Sport
−
12:38 195 1 daqiqa
2026 yilgi futbol böyiça Jahon çempionati finaliga mezbonlik qilgan AQŞning Nyu-Jersi ştatidagi “MetLayf” stadionida yonğin sodir böldi. Bu haqda “FOX 5” xabar berdi.
Hodisa keça, 15 noyabr kuni keçqurun “Nyu-York Jets” va “Baffalo Bills” jamoalari örtasidagi AQŞ Milliy futbol ligasi (NFL) uçraşuvidan keyin yuz bergan. Nyu-Jersi ştati politsiyasi ma’lumotiga köra, yonğin haqida mahalliy vaqt bilan soat 17:51 da xabar berilgan.
Voqea joyiga yetib kelgan öt öçiruvçilar A avtoturargohi va stadion kiriş qismi yaqinida joylaşgan çodirda oçiq alangani aniqlagan. Hodisa vaqtida stadion içida heç kim bölmagan. Yonğin ikkinçi toifali deb tasniflangan.
Hodisa oqibatida heç kim jabrlanmagan va boşqa inşootlarga zarar yetmagan. Yonğin kelib çiqiş sababi hozirça noma’lum.
Ma’lumot uçun, “MetLayf” stadioni 2026 yilgi Jahon çempionati finalidan taşqari musobaqaning beşta guruh bosqiçi va ikkita pley-off uçraşuviga ham mezbonlik qiladi. Şuningdek, arena NFLning “Nyu-York Jets” va “Nyu-York Gients” jamoalari uçun uy stadioni hisoblanadi.
Live
BarchasiZangiotadagi binoda yong‘in chiqdi
15 Noyabr
Sudan armiyasi nazoratni qayta tikladi
15 Noyabr