Germaniyada samolyot avtomobil yöliga quladi. Qurbonlar bor
Olam
−
09:08 462 1 daqiqa
Germaniyada yengil samolyot avtomagistralga qulab tuşişi oqibatida ikki kişi halok böldi. Bu haqda DW xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, hodisa joriy yilning 6 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:48 atrofida Saksoniya-Anxalt federal yerida, Magdeburg şahridan şimoli-şarqda, Burg şahri va Kraxenberge dam oliş maskani oraliğida sodir bölgan.
Samolyot qulaganidan söng yonib ketgan. Qutqaruvçilar voqea joyiga yetib borganida uning bortidagi ikki kişi halok bölgani aniqlangan. Dastlabki ma’lumotlarga köra, samolyot avtomagistraldagi boşqa transport vositalari bilan töqnaşmagan.
Hodisa joyida yonğin-qutqaruv xizmati va politsiya xodimlari işlagan. Samolyotning qizil-oq rangli qoldiqlari yöl çetida soçilib ketgan.
Hozirça samolyotning nima sababdan qulagani ma’lum emas. A2 avtomagistrali Germaniyaning Berlin atrofi va mamlakatning eng köp aholiga ega Şimoliy Reyn-Vestfaliya federal yerini boğlovçi muhim transport yönalişlaridan biri hisoblanadi.
Bildirilişiça, hodisa sabab yölning Gannover yönalişidagi barça qatnov qismlari yopilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞning Florida ştatidagi Palm-Biç okrugida xususiy samolyot turar joylar joylaşgan hududga qulagani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiOzon teshigi rekord darajada kengaydi
06 Noyabr