Ukrainadagi urush sabab Yevropada oxirgi 100 yillikning eng katta inqirozi kutilmoqda

Olam

image

Oxirgi olti kun ichida Ukrainadan qo‘shni davlatlarga 660 mingdan ortiq qochqin kelgan. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi boshqarmasi rasmiy vakili Shabia Mantu BMTning Jenevadagi ofisida bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainada boshqa davlat 470 mingdan ortiq fuqarolari bor, ularning aksariyati mamlakatni tark eta olmaydi. 

“Agar qochqinlar sonining ortishi davom etsa, Yevropada bu asrda eng katta qochqin inqirozi yuz beradi”, deydi Mantu.  

BMTning Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi qochqinlar uchun o‘z resurslarini imkon qadar tez va samarali safarbar qilmoqda, deya ishontirgan tashkilot vakili. 

Mantu so‘nggi bir necha kun ichida qochqinlar uchun chegaralarni ochiq qoldirayotgan Ukrainaning qo‘shnilari pozitsiyasini olqishlagan. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, qochqinlarning aksariyati Polsha, Vengriya, Moldova, Ruminiya, Slovakiyaga, qolganlari Yevropaning boshqa davlatlariga boradi. 

BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari vakili Liz Trossellning ma’lum qilishicha, 24 fevraldan kechagi yarim tungacha Rossiya-Ukraina urushida kamida 136 nafar tinch aholi, shu jumladan 13 nafar bola halok bo‘lgan, yana 400 nafar tinch aholi, jumladan 26 nafari bolalar  jarohatlangan.

Rossiyaning Ukrainaga bosqini

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Buning ortidan Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirdi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi.

Rus qo‘shinlari dastlab Kiyev va Xarkovga raketa hujumi uyushtirdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi. Shuningdek, rasmiy idora rus qo‘shinlari Xarkov va Odessa viloyatiga kirib borganini bildirdi.

Hujum boshlanganidan ko‘p o‘tmay, LXR Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Vitaliy Kiselev Schaste va Stanitsa shaharchalari LXR nazoratiga o‘tganini e’lon qildi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

49

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing