Ukrainadagi urush: Rossiya Xarkov yo‘nalishida oldinga o‘tdi

Olam

image

Ukrainainng Xarkov viloyatida Rossiya kuchlari mintaqaga yo‘naltirilgan zaxiralar tufayli biroz oldinga siljidi. Ruslar Stariy Saltovdan 15 kilometr uzoqlikdagi qishloqni egallab oldi. Front chizig‘i oldinga surildi, endi ruslar Xarkovga artillerya bilan zarba bermoqda. Bu haqda Ukraina Prezidenti devoni rahbari o‘rinbosari Aleksey Arestovich ma’lum qildi.

"Shunday qilib, Xarkov [yo‘nalishi]. Biz bilamizki, ular vajohat bilan zaxiralarni u yerga tashlab, shimoldan yana bir oz [hududlarni] siqib chiqara boshlashdi. Ular sharqda biroz jasorat bilan ildamlashdi”, deydi Arestovich.

Keyin Prezident devoni boshlig‘ining maslahatchisi Stariy Saltov qo‘lga olingani haqida “vahimali ma’lumotlar” borligini aytgan. Biroq, bu to‘g‘ri emas: Mudofaa vazirligi spikeri Aleksandr Motuzyanik brifingda Stariy Saltovdan 15 kilometr uzoqlikdagi aholi punktining vaqtincha bosib olinishi haqida gapirgan.

Arestovich shuningdek, ruslarning shimoldan oldinga siljishi tufayli Xarkovga artilleriyadan zarba berish boshlaganini aytgan. Bungacha shahar Rossiya hududidan yalpi hujum reaktiv tizimidan o‘qqa tutilgan.

“Xarkovliklar uchun yomon tasalli, chunki artilleriya shaharga zarba bera boshladi. Besh-olti kundan beri tinimsiz urmoqda. Va doimiy yo‘qotishga uchrayapmiz. Undan oldin ularni siqib chiqarishdi, ular uzoqdan – Rossiya hududidan “Smerch” va “Uragan” bilan urishdi. Hozir yana to‘pga o‘tishdi. Ya’ni, Xarkov yo‘nalishida bizda kichik “xiyonat” bor, ular [bosqinchilar] quvonch bilan sekin harakat qilmoqdalar”, deydi Arestovich.

Mansabdorning so‘zlariga ko‘ra, dushman asta-sekin oldinga siljiyapti va ukrainalik himoyachilar ushlab turmagan “kulrang” zonadagi aholi punktlarini egallamoqda.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegarasida tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

36

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing