Ukrainadagi urush G‘arb va Rossiyaning musobaqasiga aylanadi – Bayden

Olam

image

Ukraina atrofidagi vaziyat Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi chidamlilik raqobatiga aylanadi. AQSH va Yevropa Moskvaga qarshi sanksiyalar qo‘llash bilan bog‘liq xarajatlarni ko‘tarishga tayyor turishi kerak. AQSH prezidenti Jo Bayden kecha, 21 iyun kuni Oq uyda jurnalistlarga bergan intervyusida shunday fikr bildirdi.

“Mening fikrimcha, ma’lum nuqtada bu ruslar nimaga dosh bera olishi va Yevropa nimaga dosh berishga tayyor bo‘lishi nuqtai nazaridan o‘ziga xos kutish o‘yiniga aylanadi”, deydi AQSH ma’muriyati rahbari.

U Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonsonning “butun dunyoda Ukraina (mavzusi – tahr.) charchoqlari namoyon bo‘la boshlaganini” haqidagi so‘zlariga izoh bergan.

“Menimcha, biz (kollektiv G‘arb) [aytib o‘tilgan xarajatlarni] ko‘tarishimiz kerak. Biz bu haqda Ispaniyada gaplashamiz [oy oxirida bo‘ladigan NATO sammitida]”, degan Bayden.

Amerika rahbari bir vaqtning o‘zida u Rossiyaga qarshi harakat qilayotgan G‘arb ittifoqi allaqachon bo‘linib ketganidan qo‘rqmasligini ta’kidladi. 

“Yo‘q, men [bundan] qo‘rqmayman”, deydi Oq uy egasi ushbu mavzu bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri savolga.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegarasida tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

24

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing