Ukrainada urush boshlanganidan beri qancha jurnalist o‘ldirilgani ma’lum bo‘ldi
Olam
−
06 iyun 2022
5318Rossiyaning keng miqyosli bosqini boshlanganidan beri 32 nafar jurnalist halok bo‘ldi. Bu haqda Madaniyat va axborot siyosati vaziri Aleksandr Tkachenko ma’lum qildi.
“Bu yil Jurnalistlar kuni o‘zgacha achchiq ta’mga ega. To‘liq ko‘lamli urushning 4-oyi va biz 32 jurnalistni yo‘qotdik... Urushning 8 yilida biz bundan ham ko‘proq narsani yo‘qotdik.. Bizning ilg‘or axborot jabhasidagi jangchilarimizga abadiy xotira”, degan u.
U bugungi harbiy harakatlar sharoitida tun-u kun ishlayotgan jurnalistlarni qahramonlar deb atagan.
“Biz gibrid urushni olib bormoqdamiz, bu jahon tarixida birinchi bunday keng ko‘lamli urushdir va sizning rolingiz bugungi kunda bebahodir. Sizning mas’uliyatingiz, fidoyilik, matonat va jasoratingiz kabi”, deya qo‘shimcha qilgan Tkachenko.
Uning ta’kidlashicha, bugungi kunda birlashgan axborot marafonining frontida ish olib borayotgan turli media guruhlari jurnalistlari, jumladan, muzokaralar olib borish, hamkorlik qilish va shu tariqa yagona asosiy maqsad – g‘alabani yuqori qo‘yish qobiliyatini namoyon etdi.
Rossiya-Ukraina urushi
Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegarasida tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.
Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.
24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.
Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.
25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.
Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.
Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.
Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.
Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.
LiveBarchasi