Ukraina – “jinoyat joyi”

Olam

image

Rossiya-Ukraina urushi boshlanganidan buyon Ukrainaga nisbatan 21 mingdan ortiq harbiy va bosqinchilik jinoyatlari sodir qilindi. Hozirda bu jinoyatlar yuzasidan tergov ishlari amalga oshirilmoqda. Bu haqda Irina Venediktova BBC’ning “World Service Outside Source” dasturida xabar berdi.

Ukraina Bosh prokurori Irina Venediktovaning aytishicha, kuniga 200 dan 300 gacha urush jinoyatlari sodir qilinmoqda. Ko‘plab sud jarayonlari sirtdan o‘tkazilmoqda.

Ma’lumotga ko‘ra, Bosh prokurorning jamoasi Ukrainaning barcha mintaqalarida ishlayotgan bo‘lsa-da, ayrim hududlarga kirish imkoni yo‘qligi sababli hamma ishlarni to‘g‘ri va samarali tekshira olmagan. Bu gap orqali  Rossiya qo‘shinlari tomonidan bosib olingan Ukraina hududlariga ishora qilingan.

Shuningdek, Venediktova may oyida 600 ga yaqin gumondor shaxs aniqlanganini va 80 nafariga nisbatan jinoiy ish boshlanganini ma’lum qildi.

Moskva tinch aholini nishonga olganini bir necha bor rad etganiga qaramay, Xalqaro jinoiy sud Ukrainani "jinoyat joyi" deb ta’riflab, ko‘plab tergovlarda yordam berish uchun mamlakatga o‘zining eng katta tergovchilar guruhini yuborgan.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegarasida tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.

Muhayyoxon Habibullayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

32

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing