Ukraina o‘ldirilgan va asirga olingan 550 nafar rus harbiylarining shaxsini aniqladi
Olam
−
05 mart 2022
21948Kiyev Ukrainaga hujum qilgan Rossiyalik harbiylarning halok bo‘lganlari va asirga tushganlaridan 550 nafarining shaxsini allaqachon aniqlagan. Bu haqda Ukraina telekanallarida o‘tkazilgan telemarafonda ma’lum qilindi.
Ukrainaga qarshi urushda qatnashgan bu harbiylar haqidagi ma’lumotlar allaqachon yagona reyestrga kiritilgan.
Ukraina hukumati ukrainaliklarni va bunga qodir bo‘lgan barchani qurbon bo‘lgan va asirga olingan askarlar haqidagi ma’lumotlarni Rossiya fuqarolari o‘rtasida tarqatishga hamda ularning oilalariga yetkazishga chaqirmoqda.
Ukraina Maxsus aloqa va axborotni muhofaza qilish davlat xizmatiga ko‘ra, 24 fevraldan 5 martgacha dushmanning umumiy jangovar yo‘qotishlari taxminan 10 ming nafardan ortiq shaxsiy tarkibni tashkil qilgan.
Ayni urushning o‘ninchi kuni davom etmoqda.
Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikovning ta’kidlashicha, Ukrainada dushman qo‘shinlarining harbiy resurslari tugaydi, keyin logistika inqirozi yuz beradi.
Rossiyaning Ukrainaga bosqini
Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.
Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.
24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.
Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.
25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.
Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.
Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.
Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.
Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.
LiveBarchasi