Ukraina sabab AQSHning qurol zaxirasi tugashi mumkin – “Bloomberg”

Olam

image
0:00
0:00
download

Agar Oq uy Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berishda davom ettsa, AQSHning o‘zini zaxiralari bir necha oy ichida tugashi mumkin.  Bu haqda AQSH Kongressining Vakillar palatasi Qurolli kuchlar qo‘mitasidagi tinglovlarda ishtirok etgan harbiy ekspertlarga tayanib, “Bloomberg” xabar berdi.

"Bu bizning xavfsizligimiz uchun katta tahdid", deydi Mudofaa vazirining sotib olish bo‘yicha sobiq o‘rinbosari Ellen Lord.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar o‘zining “Stinger” portativ havo mudofaa tizimlari zaxirasining deyarli to‘rtdan bir qismini Kiyevga topshirgan.

O‘z navbatida, Professional xizmatlar kengashi tashkiloti (Professional Services Council)  prezidenti Devid Berto Rossiya va Ukraina urushi boshlanganidan beri Qo‘shma Shtatlar o‘zining barcha qurol-yarog‘ zaxiralarining uchdan bir qismini tayyorlaganini, shu bilan birga ularni keyingi to‘ldirish bo‘yicha shartnomalar tuzilmaganini aytib o‘tgan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 aprel kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden Ukrainaga 800 million dollarlik yangi harbiy yordam paketini e’lon qildi. Ularning orasida 200 ta M113 zirhli transportyorlari, 18 ta gaubitsalar, 300 ta  “Switchblade” kamikadze dronlari, 500 ta “Javelin” raketalari va Rossiyada ishlab chiqarilgan 11 ta Mi-17 vertolyotlari mavjud.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegarasida tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

23

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing