Ukraina Rossiyaga qarshi gibrid urush quroli sifatida tanlandi – Shoygu

Olam

image

Ukrainadagi mojaro Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilari uchun Rossiyaga qarshi iqtisodiy va axborot urushini boshlash uchun yana bir bahona bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vaziri Sergey Shoygu kecha, 24 avgust kuni Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar mudofaa vazirlarining Toshkentda o‘tgan yig‘ilishida aytib o‘tdi.

Rossiya hamkorlariga uni izolyatsiya qilish uchun bosim davom etayotganini ta’kidlab, vazir hamkasblariga “prinsipial pozitsiyasi va qo‘llab-quvvatlashi uchun” minnatdorlik bildirgan.

Shu bilan birga, u Rossiya “yangi sharoitlarda Yevropada barqarorlikning huquqiy asoslarini shakllantirish uchun katta sa’y-harakatlar qilganini” ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomoni uchun asosiy savollarga e’tibor qaratilmagan — NATOning sharqqa tomon kengaymasligi, zarba beruvchi qurollarni joylashtirmaslik va Rossiya chegaralari yaqinida harbiy harakatlardan voz kechish haqidagi.

“Ukraina Rossiyaga qarshi gibrid urush quroli sifatida tanlandi”, deya Shoyguning so‘zlaridan iqtibos keltirgan “Interfaks”.

Rossiya Mudofaa vaziri Shanxay hamkorlik tashkilotining jangovar salohiyatini, xususan, harbiy xavfsizlik sohasida axborot almashish mexanizmlari orqali oshirishni taklif qildi.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

26

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing