Ukraina razvedkasi Putinning Kiyevni egallash va mamlakatni bo‘lish bo‘yicha rejalarini ochiqladi

Olam

image

Ukraina maxsus xizmatlari Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Ukraina bo‘yicha ssenariyi qanday ekanini aniqlandi. Ukrain nashrlarining yozishicha, reja bir necha qismdan iborat.

Qayd etilishicha, Rossiya Federatsiyasining tezkor rejasiga ko‘ra, Kiyevdagi ikkita aeroportdan birini qo‘lga kiritish uchun 2 mingtagacha maxsus kuchlarni Ukraina poytaxtiga tashlash rejalashtirilgan. Havo bandargohi egallangach, yana 10 ming nafargacha desantchilar Kiyevga Il-76 samolyotlari hamda yengil zirhli texnikalar bilan keladi.

Desant qo‘shinlarining vazifasi Kiyevni, aloqa vositalarini, qo‘mondonlik va boshqaruv kanallarini to‘sib qo‘yish, arsenallarni qo‘lga olish/portlatish, imkon qadar vahima uyg‘otish, avtomagistrallar/yo‘llar ni to‘sib qo‘yadigan “nazoratsiz qochqinlar kolonnalari”ning Kiyevdan vahima bilan chiqishi uchun sharoit yaratishdir. Bu esa Kiyev yo‘llarida qo‘shinlar, huquqni muhofaza qilish organlari harakatini murakkablashtiradi.

Amaliyotning boshqa maqsadlaridan biri Ukraina hukumatini qo‘lga olish va shantaj orqali ularni Rossiya shartlari bo‘yicha shartnomalar imzolashga majburlashdir. Rasmiylar evakuatsiya qilishga ulgursa ham, rossiyaparast siyosiy qo‘g‘irchoqlardan biri hukumatni boshqaradi va buni avvalgi rahbariyatning qochib ketishi bilan baholaydi.

Natijada, Ukrainani ikki qismga bo‘lish mumkin - G‘arbiy va Sharqiy Germaniya yoki Shimoliy va Janubiy Koreya tamoyiliga ko‘ra.

Rossiyaning Ukrainaga bosqini

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Buning ortidan Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirdi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi.

Rus qo‘shinlari dastlab Kiyev va Xarkovga raketa hujumi uyushtirdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi. Shuningdek, rasmiy idora rus qo‘shinlari Xarkov va Odessa viloyatiga kirib borganini bildirdi.

Hujum boshlanganidan ko‘p o‘tmay, LXR Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Vitaliy Kiselev Schaste va Stanitsa shaharchalari LXR nazoratiga o‘tganini e’lon qildi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

312

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing