Ukraina NATOga a’zo bo‘lishga haqli – Erdo‘g‘an
Olam
−
08 iyul 2023
6885Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Ukraina NATOga a’zo bo‘lishga loyiqligini aytdi. Bu haqda u kecha, 7 iyul kuni Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
“Biz xalqaro huquq asosida muzokaralar yo‘li bilan urushni to‘xtatish uchun jadal sa’y-harakatlarni amalga oshirgan davlatmiz. Ukrainani qayta tiklash uchun har tomonlama yordam beramiz. Albatta, Ukraina NATO a’zoligiga loyiqdir”, dedi Erdo‘g‘an.
Turkiya rahbari, shuningdek, kelasi oyda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ham Turkiyaga kelishini tasdiqladi hamda u bilan mahbuslarni almashish masalasini muhokama qilishga va’da bedi. U buni “ustuvor masala”, deb atadi.
Bundan tashqari, Erdo‘g‘an Turkiya Don yo‘lagi kelishuvi muddatining uzaytirilishini kutayotganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur kelishuv doirasida muhtoj davlatlarga 33 million tonna oziq-ovqat yetkazib berilgan. So‘zi oxirida Turkiya rahbari Don kelishuvini yana ikki yilga uzaytirmoqchi ekanini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Erdo‘g‘an Zelenskiy bilan 2,5 soat davomida muzokara o‘tkazgani ma’lum qilingandi. Shuningdek, Zelenskiy Turkiyaga borishidan avval Bolgariya, Chexiya va Slovakiyaga tashrif buyurdi. Chexiya Bosh vaziri Petr Fiala bilan uchrashuvdan so‘ng Ukrainaga yirik kalibrli o‘q-dorilar, hujum vertolyotlari va boshqa qurollarni yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishilgandi. Slovakiya esa Ukraianaga 16 ta “Zuzana” o‘ziyurar artilleriya qurilmalarini yetkazib berishga, shuningdek, Ukraina bilan birga yangi turdagi gaubitsalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga rozi bo‘ldi.
LiveBarchasi