Putin avgustda Turkiyaga boradi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin avgustda Turkiyaga boradi. Bu haqda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an kecha, 7 iyul kuni Istanbulda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunidagi matbuot anjumanida ma’lum qildi. 

“Biz Rossiya va Ukraina bilan mahbuslarni almashish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqdamiz. Kelasi oy janob Putin Turkiyaga tashrif buyuradi. Va biz yana bu mavzuni yakka tartibda muhokama qilish imkoniga ega bo‘lamiz. Kelgusi davrda ham u bilan telefon suhbatlarini davom ettiraman”, deydi Turkiya Prezidenti. 

Erdo‘g‘an asirlarni almashish masalasi hozirgi kun tartibining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi.  

“Bu mavzuni [Putin bilan] telefon orqali ham muhokama qilamiz. Umid qilamanki, tez orada natijaga erishamiz”, deydi u. 

Rossiya va Turkiya rahbarlari muntazam ravishda telefon orqali muloqot qiladi. Oxirgi bunday aloqa 24 iyun kuni bo‘lib o‘tdi. 

16 iyun kuni Rossiya davlati rahbarining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha yordamchisi Yuriy Ushakov jurnalistlarga Putinning Turkiyaga tashrifiga tayyorgarlik hali boshlanmaganini va sanalar bo‘yicha hozircha hech qanday tushuncha yo‘qligini aytgandi. Ammo Ushakov Erdo‘g‘andan taklif bo‘lganini va ikki prezident o‘rtasida Anqara yoki Istanbulga tashrif buyurish navbati [Rossiya rahbari] kelgani haqida og‘zaki kelishuv bo‘lganinibildirdi. 7 iyul kun Rossiya yetakchisining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ikki prezidentning uchrashuvi kelajakda bo‘lib o‘tishi mumkinligini, biroq aniq sana hali ma’lum emasligini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Rajab Toyib Erdo'g'an Turkiya-Rossiya Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing