Bolgariya ham Ukrainaga harbiy yordamni töxtatganini e’lon qildi

Olam

−

image

Bolgariya Ukrainaga harbiy yordamni töxtatdi. Bu haqda bugun, 14 noyabr kuni mamlakat Boş vaziri Rumen Radev Dublindagi Yevropa Ittifoqi sammitida ma’lum qildi.

“Biz endi Bolgariya armiyasi omborlaridan [Ukrainaga – tahr.] qurol-yaroğ va öq-dorilar yetkazib bermaymiz”, deydi Bolgariya Boş vaziri. 

Bundan taşqari, Sofiya Kiyevga moliyaviy kömak körsatişni ham töxtatadi, biroq gumanitar va tibbiy yordam, şuningdek, Ukrainada elektr ta’minotini tiklaş doirasidagi “mexanizmlarni muhokama qilişga tayyor”.

Boş vazir moliyaviy yordamdan voz keçilişini Bolgariyada zarur zaxiralar yetişmasligi bilan, harbiy yetkazib berişlarning töxtatilişini esa Ukraina va Rossiya armiyalari örtasidagi jangovar harakatlar xususiyati özgargani bilan izohlagan. Uruş boşida Ukraina Qurolli kuçlari sovet namunasidagi qurollarga ehtiyoj sezgan, Bolgariya tomoni bu borada Kiyevga yordam bera olgan va şunday qilgan ham, biroq 2026 yilga kelib uruşning asosiy quroli uçuvçisiz uçiş apparatlariga aylangan. 

“Bolgariya Ukrainada öt oçişni töxtatiş böyiça sa’y-harakatlarni qöllab-quvvatlaydi va “kuç pozitsiyasidan tinçlik örnatiş” yondaşuviga qarşi çiqadi”, deydi hukumat rahbari.

Ma’lumot uçun, Rossiya Qurolli kuçlarining Ukrainaga keng kölamli bostirib kirişining dastlabki oylarida Bolgariyaning harbiy yordami muhim rol öynagan. Sofiya 2022–2023 yillarda mudofaa tomoniga qariyb 2,2 milliard dollarlik resurslar yuborgan. Bolgariya yetkazib bergan mahsulotlar Kiyevning dizel yonilğisiga bölgan ehtiyojining taxminan 40 foizini va sovet kalibrli snaryadlarga bölgan ehtiyojining 35 foizini qoplagan. Sofiyadagi yevropaparast markazçi hukumatlarning kömagi Ğarbdan ta’minot boşlanguniga qadar bölgan oğir davrda Ukraina kuçlariga doş beriş imkonini bergan edi.

Biroq Kiyevga yordam körsatiş Bolgariyadagi içki siyosiy beqarorlik davriga töğri keldi – öşanda uşbu Bolqon respublikasida hukumat inqirozi tufayli beş yil içida sakkiz marta parlament saylovlari ötkazilgan edi. Natijada 2026 yil aprel oyida bölib ötgan navbatdagi ovoz berişda sobiq prezident Radevning “Taraqqiyparvar Bolgariya” söl partiyasi ğalaba qozondi. U uzoq vaqtdan beri Xalq majlisidagi mutlaq köpçilik asosida hukumat tuzgan birinçi boş vazir böldi. Radevning ittifoqçisi Iliyana Yotova esa 1 noyabr kuni Bolgariyada bölib ötgan prezidentlik saylovlarida ham ğalaba qozondi.

Radev dastlab özini Ukrainadagi nizoni tinç yöl bilan hal etiş, Rossiya bilan muzokaralar olib boriş va Kiyevga harbiy yordamni qisqartiriş tarafdori sifatida körsatgan. Şu bilan birga, siyosatçi kuzda Kremlning Yevropadagi gibrid operatsiyalari uning mamlakatiga ham zarar yetkazayotganini tan ola boşlagan. 

“Tomonlardan birortasiga qarşi ayblov ilgari suriş uçun bizda jöyali va bir ma’noli dalillar yöq, biroq mantiq uşbu natija Rossiya Federatsiyasi uçun foydali ekanini körsatmoqda”, degan Radev 13 oktyabr kuni Bolgariya hududiy suvlarida yuk kemalariga uçuvçisiz uçiş apparatlari hujum qilganidan söng Moskva elçisiga.

Eslatib ötamiz, avvalroq Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişga mablağ ajratişni töxtatişi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing