Polşa Ukraina uçun qurol-yaroğ xaridini moliyalaştirişdan boş tortdi
Olam
−
09:59 248 2 daqiqa
Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişga mablağ ajratişni töxtatadi. Mamlakat Boş vaziri Donald Tusk NATO Boş kotibi Mark Ryuttega hozirça PURL dasturiga hissa qöşmasliklarini bildirgan. Bu haqda “Gazeta.Ru“ xabar berdi.
Tuskning aytişiça, bunday qaror Polşa byudjeti katta taqçilligi va mudofaa xarajatlari bilan boğliq.
Avvalroq, joriy yilning 6 noyabr kuni Polşa Taşqi işlar vaziri Radoslav Sikorskiy mamlakat Prezidenti Karol Navrotskiyning Ukrainaga nisbatan “şubha bilan“ munosabatda bölayotganini aytgandi. Vazir prezident bu pozitsiyasini özgartirib, AQŞ va Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik yönalişini qayta körib çiqişiga umid bildirgan.
Joriy yilning 7 noyabr kuni esa Polşa Boş ştabi sobiq örinbosari, general Leon Komornitskiy Ukrainani “parçalanib borayotgan davlat“ deb atab, uning armiyasi Yevropa Ittifoqi mablağlari hisobiga faoliyat yuritayotganini ta’kidlagan.
Ma’lumot uçun, PURL (Prioritised Ukraine Requirements List) — NATO tomonidan 2025 yil iyul oyida AQŞ bilan hamkorlikda işga tuşirilgan, Ukraina uçun zarur qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qiliş mexanizmi.
Dastur doirasida Ukraina özining zarur qurol-aslaha va öq-dorilarga bölgan ehtiyojini belgilaydi. NATO uşbu ehtiyojlar asosida xarid paketlarini şakllantiradi, Yevropa davlatlari va boşqa hamkorlar esa ularni moliyalaştiradi. Xarid qilinadigan qurollar AQŞda işlab çiqariladi va NATO muvofiqlaştiruvi orqali Ukrainaga yetkaziladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Polşadagi Varşava universiteti professori Adam Velomskiy Kiyev Rossiya bilan darhol muzokaralarni boşlaşi kerakligini aytgan edi. Uning fikriça, Ukrainaning safarbarlik imkoniyatlari “çegaraga yaqinlaşgan“ va mamlakatning imkoniyatlari tez orada tugaşi mumkin.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr