Zelenskiy Bolgariya samolyotida Sofiyaga bordi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Bolgariya hukumati samolyotida Sofiyaga uchib bordi. Bu haqda BTV xabar berdi.

Aytilishicha, Zelenskiy Bolgariyaga respublika hukumatining taklifiga binoan borgan. Ukraina Prezidenti tashrif chog‘ida bolgariyalik mavqedoshi Rumen Radev va mamlakat Vazirlar Mahkamasi rahbari Nikolay Denkov bilan uchrashishni rejalashtirganini ma’lum qilgan. Bundan tashqari, Zelenskiy Bolgariya Tashqi ishlar vaziri Mariya Gabriel va respublika Milliy assambleyasi spikeri Rosen Jelyazkov bilan ham uchrashishi aytilgan.

Muhokama qilinishi rejalashtirilgan mavzular orasida Ukrainaning NATOga kirishi istiqbollari, NATOning bo‘lajak sammiti, shuningdek, xavfsizlik kafolatlari va Vladimir Zelenskiy taklif qilgan “tinchlik formulasi” bor. Zelenskiyning rejasi, xususan, Rossiya qo‘shinlarini olib chiqib ketish, Ukraina hududiy yaxlitligini tiklash, yadroviy xavfsizlik va barcha mahbuslarni ozod etishni nazarda tutadi. 

Bundan tashqari, Zelenskiy Bolgariya rahbariyati bilan Kiyevga Sofiyaning yordami hajmini oshirish va qurilishi tugallanmagan Bolgariya Belene atom elektr stansiyasidan rus uskunalarini sotish haqida gaplashmoqchi. Tomonlar, shuningdek, Ukrainaning Yevroatlantika yo‘lini qo‘llab-quvvatlovchi deklaratsiya va energetika sohasida o‘zaro anglashuv memorandumini imzolashni rejalashtirmoqda.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 26 iyun kuni Bolgariya hukumati Ukrainaga yangi harbiy va harbiy-texnik yordam paketini tasdiqlagan. Ro‘yxat maxfiy bo‘lsada, uning hajmini o‘tgan yilning dekabr oyida ajratilgan birinchi yordam paketi bilan solishtirish mumkinligi ta’kidlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Zelenskiy Bolgariya Sofiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing