Zelenskiy Slovakiyadan ham qurol undirdi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenksiy Chexiyaga tashrifidan so‘ng Slovakiyaga borgani va mamlakat rahbari Zuzana Chaputova bilan muzokara o‘tkazgani haqida xabar bergan edik. Uchrashuvlardan so‘ng Slovakiya Ukraina uchun yana 16 ta “Zuzana” o‘ziyurar artilleriya qurilmasini yetkazib berishi va ikki mamlakat birgalikda yangi turdagi gaubitsalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu haqda Slovakiya rahbarining Ukraina Prezidenti bilan birga o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qildi.

"Biz Ukrainaga 16 ta “Zuzana” yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolashga muvaffaq bo‘ldik va bu yaqin orada amalga oshadi. Biz birgalikda yangi turdagi gaubitsalarni ishlab chiqamiz. O‘q-dorilarni birgalikda ishlab chiqarish boshlanadi", deydi Chaputova.

Katta ehtimol bilan Chaputova bu bilan ancha vaqt oldin Slovakiya Mudofaa vaziri tomonidan Ukrainaga yana 16 ta o‘ziyurar artilleriya vositalarini yetkazib berish bo‘yicha e’lon qilingan kelishuvni nazarda tutgan. Ushbu tashabbus Germaniya, Daniya va Norvegiya tomonidan moliyalashtirilishi ko‘zda tutilgan.

Chaputova, shuningdek, Slovakiya Ukrainaga mamlakatni minalardan tozalash ishlarida ko‘maklashishini ham qo‘shimcha qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zelenskiyning Chexiya Bosh vaziri Petr Fiala bilan muzokaralari yakunida Chexiya Ukrainaga qo‘shimcha hujum vertolyotlari va yirik kalibrli o‘q-dorilar yetkazib berishini hamda F-16 qiruvchi samolyotlari uchun uchuvchilarni tayyorlashda yordam berishini va’da qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

qurol Zelenskiy Slovakiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing