Zelenskiy Ukraina şaharlarining halqasimon mudofaasini kuçaytirmoqçi
Olam
−
10:59 535 1 daqiqa
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy şaharlarni mudofaa qilişning tegişli darajasini va ularni amalga oşiriş mexanizmlarini ta’minlaş uçun muhandislik tösiqlari çiziğini yaratiş töğrisidagi farmonni imzoladi. Hujjat mamlakat Prezidenti ofisining saytida e’lon qilingan.
Qayd etilişiça, farmon bilan Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşining “Şaharlarni mudofaa qilişning tegişli darajasini va ularni amalga oşiriş mexanizmlarini ta’minlaş uçun muhandislik tösiqlari çiziğini yaratiş böyiça çora-tadbirlar töğrisida (şaharlarning halqasimon mudofaasi)” qarori amalga kiritilgan.
Hujjat Ukraina şaharlarining lozim darajadagi mudofaasini ta’minlaş uçun muhandislik tösiqlari va istehkom inşootlari tizimini barpo etişni boşlab beradi.
Şuningdek, mudofaa ob’ektlarining ahvoli va joylaşuvi töğrisidagi ma’lumotlar hamda texnik hujjatlarni öz içiga olgan yagona bazani yaratiş rejalaştirilmoqda.
Hujjatda halqasimon mudofaa rejasiga kiritilgan aholi punktlari röyxati körsatilmagan.
Ukraina Mudofaa vazirligi avvalroq vzvod tayanç punktlari, tanklarga qarşi zovurlar va beton piramidalardan iborat tösiqlarni quriş böyiça keng kölamli işlar olib borilganini, yangi farmon esa uşbu jarayonni tizimlaştirişi va tezlaştirişini xabar qilgan.
Live
Barchasi26 Oktyabr
26 Oktyabr