Ukraina qo‘shinlari Lisinchanskdan chekinishni boshladi

Olam

image

Bugun, 30 iyun Ukraina Qurolli Kuchlarining Lisichansk va uning atrofida joylashgan bo‘linmalari chekinish to‘g‘risida buyruq oldi. Bu haqda “Lugansk Xalq Respublikasi” xalq militsiyasi zobiti Andrey Marochko o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

"Lisichansk aholi punkti va uning atrofida joylashgan Ukraina qo‘shinlari guruhiga o‘z qo‘shinlarini olib chiqish buyurildi. Yo‘qotishlarni minimallashtirish uchun Ukraina harbiylari kichik guruhlarga bo‘lingan holda katta oraliq va masofa bilan chekinish buyurildi", deydi Marochko

Bundan ikki kun oldin kechqurun “Lugansk Xalq Respublikasi”ning Rossiya Federatsiyasidagi elchisi Rodion Miroshnik shaharning qariyb 50 foizi respublika kuchlari va Rossiya Qurolli kuchlari nazorati ostida ekanligi haqida ta’kidlangan edi.

Eslatma uchun, joriy yilning 24 iyun kuni rossiyalik harbiylar Severodonetskka qo‘shni bo‘lgan Lisichansk shahri janubdan qamal qilinganini ma’lum qilgandi. Keyinchalik Gorskoye munitsipaliteti rahbari Aleksey Babchenko Lisichansk janubidagi hududlar Rossiya tomonidan “to‘liq ishg‘ol qilingani”ni aytdi.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegarasida tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.

Abdulvohid Yoqubov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

22

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing