Ukraina HIMARS bilan Qrimga zarba berishga qodir – Pentagon
Olam
−
05 Oktabr 2022 8652 3 daqiqa
Qo‘shma Shtatlar HIMARS yalpi reaktiv hujum tizimlaridan otish uchun Ukrainaga berayotgan o‘q-dorilar Rossiya nishonlarining “ko‘pchilik qismini”, shu jumladan Qrimdagi ob’ektlarni yo‘q qilish imkonini beradi. AQSH Mudofaa vazirligi rasmiysi Laura Kuper ma’lum qildi.
Ukrainaga berilayotgan HIMARS bir nechta raketa o‘q-dorilari Rossiya nishonlarining “ko‘pchilik qismini”, shu jumladan Qrimdagi ob’ektlarni urish imkonini beradi, deb hisoblaydi, deydi Mudofaa vaziri yordamchisi o‘rinbosari Laura Kuper.
U Pentagon Ukrainada mavjud 80 kilometr masofaga uchadigan GMLRS boshqariladigan raketalari o‘rniga 300 kilometr masofaga uchadigan ATACMS taktik raketalarini yetkazib berishga ehtiyoj sezmayotganini qo‘shimcha qilgan.
“Bizning taxminimizcha, ular HIMARS uchun allaqachon mavjud bo‘lgan GMLRS bilan jang maydonidagi nishonlarning katta qismini tugatishi mumkin.
Biz ular nishonlarning katta qismini, jumladan Qrimdagilarni ham urishga qodir deb hisoblaymiz. Shunchaki aniq bo‘lishi uchun: Qrim – bu Ukraina”, deydi Kuper.
Avvalroq Ukraina nishonlarni rasmiy Vashington bilan kelishish sharti bilan AQSHdan uzoqroq masofaga uchadigan ATACMS raketalarini olishga urinayotgani haqida xabar bergan edik.
Rossiya-Ukraina urushi
Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegarasida tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.
Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.
24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.
Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.
25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.
Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.
Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.
Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.
Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi.
Live
Barchasi