Tuva respublikasi rahbarida koronavirus aniqlandi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Tuva respublikasi rahbari Sholba Kara-ool koronavirus yuqtirib oldi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqda joylashtirilgan videomurojaatda aytgan. Respublika yetakchisining Matbuot kotibi ham u COVID-19 bilan kasallanganini ma’lum qildi.

Sholba Kara-ooldan tashqari bir necha amaldor ham shifoxonaga yotqizilgan. “Qo‘l ostimizdagilar ham bor. Virus juda xavfli, salomatlikka turli tomondan zarar beradi. Bosh og‘riydi, kimlarningdir o‘pkasi yallig‘lanadi. Kimdirda yengil shakli, kimdir jonlantirish bo‘limida”, deydi Kara-ool.

Kara-oolning Matbuot kotibi Dolaana Salchak u shifokorlar nazorati ekani va o‘zini yaxshi his qilayotganini ma’lum qildi. Hozirda mintaqani boshqarish Kara-oolning birinchi o‘rinbosari Aleksandr Brokertga yuklatilgan. 

Avvalroq, Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin, Madaniyat vaziri Olga Lyubimova, Qurilish vaziri Vladimir Якuшев koronavirus yuqtirib olgandi. Hozirda Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Moskvadagi klinikalardan birida davolanyapti. OAVda u koronavirus yuqtirgani haqida xabarlar tarqaldi. Ammo tezkor shtab rahbari Magomed Daudov bu ma’lumotni rad qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Rossiyada

Baholaganlar

92

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing