Rossiyada koronavirusning ikkinchi to‘lqini qachongacha davom etishi aytildi
Olam
−
29 oktabr 2020 10851 1 daqiqa
Rossiyada COVID-19 bilan kasallanishning ikkinchi to‘lqini uch hafta ichida tugashi mumkin. Bu haqda Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining yuqumli kasalliklar bo‘yicha bosh mutaxassisi, professor Vladimir Chulanov aytib o‘tdi.
"Bizda boshlangan ikkinchi to‘lqin uzoqqa chuzilmaydi. To‘g‘ri, bu birinchisidan uzoqroq davom etadi. Chunki prinsipial jihatdan bu safargi to‘lqin yanada tezlashmoqda. Ammo ehtimol bu 2-4 haftadan ko‘p bo‘lmaydi”, dedi Chulanov.
Koronavirus infeksiyasining uchinchi to‘lqini ehtimoli haqida fikr bildirar ekan, mutaxassis insoniyat birinchi marta SARS epidemiyasi mavsumiga COVID-19 bilan kirib borganini ta’kidladi.
Kecha, 28 oktyabr ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada koronavirusdan vafot etganlar soni 26 935 kishiga yetdi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28