Rasman! Rossiyada karantin cheklovlari kuchaytirildi
Olam
−
27 Oktabr 2020
9963Rossiyaning “Rospotrebnadzor” tashkiloti fuqarolarga gavjum joylarda, transportda, bekatlarda va liftlarda niqob taqishni majburiy etib belgiladi. Ushbu qaror 28 oktyabrdan kuchga kiradi.
Shuningdek, 23:00 dan 06:00 gacha ko‘ngilochar tadbirlar va kafelarning ishlashiga ham taqiq qo‘yildi. Transportda, taksilarda, do‘konlarda, restoranlarda va teatrlarda dezinfeksiya rejimi kuchaytirilishi belgilandi.
Poytaxt Moskvada vaziyat murakkabligi bois moskvaliklardan niqob va qo‘lqop rejimiga rioya qilish talab etiladi. Ba’zi xodimlar hamda o‘rta maktab o‘quvchilari masofadan turib ishlaydi va tahsil oladi. Nafaqaxo‘rlar va surunkali kasalliklarga chalingan odamlardan imkoni boricha uyda bo‘lishlari so‘raladi.
Pandemiya jahondagi deyarli barcha mamlakatlarni qamrab oldi. 42,7 milliondan ortiq odam ushbu infeksiyaga chalindi, 1,1 milliondan ortiq kishi kasallikdan vafot etdi.
Rossiyada koronavirusga chalingan bemorlar soni bo‘yicha jahonda to‘rtinchi o‘rinda turadi. Mamlakatda bir yarim milliondan ortiq kasallik holati yuqtirish aniqlandi, ularning 1,15 millionga yaqini davolandi, 26 mingdan ortig‘i vafot etdi.
Joriy yilning 13 iyulidan boshlab Rossiya poytaxti Moskva shahrida niqob taqish bo‘yicha o‘rnatilgan majburiy tartib bekor qilingan edi. Biroq niqob va qo‘lqop taqish bo‘yicha majburiyat do‘konlar, transport va jamoat joylarida saqlanib qolgandi.
Shundan so‘ng, oktyabr oyi boshiga kelib poytaxti Moskvada koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat yomonlashgani sababli cheklovlar kuchaytirilyapti. Shahar meri Sergey Sobyanin poytaxtlik pensionerlar va bolalarning ijtiomiy kartalarining amal qilishini to‘xtatishga ko‘rsatma berdi.
LiveBarchasi