Rossiyada jinoyatlar COVID-19 ga qarshi kurash niqobi ostida qilinayotgani aytildi

Olam

image

Rossiyada jinoyatchilar mablag‘larni naqd qilish va soliqlardan qochish uchun yangi sxemalardan foydalanishni boshladi. Ushbu yo‘lda esa COVID-19 ga qarshi kurashdan foydalanishmoqda. Bu haqda “Rosfinmonitoring” rahbari Yuriy Chixinchin ma’lum qildi.

“Avvalo, yangi soya jinoiy sxemalari o‘zlarini koronavirusga qarshi kurash, fuqarolar va biznesni qo‘llab-quvvatlash kabi ishlar ostida yashirila boshladi. Bu, shuningdek, naqd pul berish sxemalariga, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash va ko‘pincha davlat tomonidan ajratilgan mablag‘larni o‘g‘irlashga urinishlarga taalluqlidir", deyiladi bayonotda.

Chixinchinning so‘zlariga ko‘ra, 2020 yilda bo‘lim 18 milliard rublni byudjetga qaytarishga muvaffaq bo‘ldi va taxminan 100 milliard rubl hibsga olindi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 1 712 858 ga yetdi. Bemorlardan 1 279 169 nafari sog‘aygan bo‘lsa, 29 509 kishi vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Rossiyada

Baholaganlar

49

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing