Antirekord: Rossiyada kuniga 28 mingdan ortiq kishi koronavirusga chalindi
Olam
−
03 dekabr 2020
3804Rossiyada koronavirusga chalinganlar o‘tgan sutkada 28 145 taga ko‘paydi. Bu pandemiya boshlanganidan beri eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi. Ayni vaqtda ushbu xastalikka chalinganlarning umumiy soni 2 million 375 546 taga yetgan. Bu haqda koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha tezkor shtab xabar bermoqda.
Shtab ma’lumotlariga ko‘ra, nisbiy darajada o‘sish 1,2 foizga oshgan.
Eng kichik o‘sish sur’atlari kuniga Nenets avtonom okrugida (0,2 foiz), Xanti-Mansi avtonom okrugi, Dog‘iston Respublikasi va Mariy El Respublikasida (0,6 foiz) qayd etildi.
Bosh shtab ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan sutkada Sankt-Peterburgda 3 692, Moskva viloyatida 1 193, Nijniy Novgorod viloyatida 481, Kareliya Respublikasida 472, Arxangelsk viloyatida 399 nafar yangi bemor aniqlangan.
Ayni paytda Rossiyada 474 088 kishi bemor koronavirus bilan kurashmoqda.
O‘tgan sutkada koronavirusdan sog‘aygan bemorlar 29 502 nafarni tashkil etgan. Bu ham pandemiya boshlanganidan buyon eng yuqori ko‘rsatkich. Bugungacha jami 1 million 859 851 kishi yoki bemorlarning 79 foizi sog‘aygan.
O‘tgan sutkada koronavirusdan vafot etganlar soni 554 nafarga ortgan. Mamlakatda bugungacha jami 41 607 bemor infeksiyadan vafot etgan. Ma’lum qilinishicha, bugungi kunga qadar ushbu kasallik chalingan bemorlar orasida o‘lim holati 1,756 foizni tashkil etmoqda.
Xususan, Sankt-Peterburgda kuniga 69 ta, Moskva viloyatida 36 ta, Krasnoyarsk o‘lkasida 30 ta, Rostov viloyatida 26 ta, Perm o‘lkasi va Voronej viloyatida 16 ta o‘lim qayd etilgan.
LiveBarchasi