Rossiya koronavirus “masalasi”da yana bir antirekord o‘rnatdi
Olam
−
30 Oktabr 2020
8821Rossiyada bir kunda koronavirus bilan kasallanganlar soni 18 283 nafarga ko‘paydi. Bu mamlakatda butun pandemiya davridagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, RFda infeksiyani yuqtirganlarning umumiy soni 1 599 976 nafarga yetgan.
Shtab ma’lumotlariga ko‘ra nisbiy jihatdan o‘sish 1,2 foizgacha o‘sgan.
Mamlakatda sog‘aygan bemorlar soni kuniga 14 519 nafarga ko‘paygan, jami 1 200 560 bemor infeksiyadan davolangan. Shtab ma’lumotlariga ko‘ra, tuzalib ketganlarning ulushi yuqtirganlarning umumiy sonining 75 foizini tashkil qiladi.
Butun Rossiya bo‘yicha ayni vaqtda koronavirus infekiyasiga yo‘liqqan 371 760 bemor davolanmoqda.
LiveBarchasi