Turkmanistonda o‘qituvchilar arzandaning “yutuqlari” haqida jar solishga majburlanmoqda

Olam

image
Arzanda. Prezidentlikka nomzod Sardor aslida kim? north_east

Arzanda. Prezidentlikka nomzod Sardor aslida kim?

Xabaringiz bor, Turkmanistonda joriy yilning 12 mart kuni navbatdan tashqari Prezident saylovi o‘tkazilishi kutilmoqda. Mamlakatdagi oliy lavozimga amaldagi Prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘g‘li Sardor saylanishi taxmin qilinmoqda.

Bu uchun Turkmanistonda ham astoydil harakat boshlangan. “Xronika Turkmenistana” nashrining yozishicha, 14 fevral kuni maktab o‘qituvchilari birinchi darsda Prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘g‘li Serdarning “hayot yo‘li va yutuqlari, fe’l-atvori” haqida gapirishga majbur bo‘lgan.

O‘qituvchilarga Berdimuhamedovning “yaxshi ishlari va erishgan yutuqlari” haqida gapirib berish, bolalar undan minnatdor bo‘lishlari kerakligi haqida ko‘rsatma berilgan.

“12 fevral kuni umumta’lim maktablari direktorlari va direktorlari etrap ta’lim bo‘limlariga (RayONO) chaqirildi. Ularga yakshanba (13) kuni soat 10:00 da har bir maktabda ma’muriyat o‘qituvchilar va texnik xodimlarni yig‘ib, dushanba kuni maktabning barcha sinflarida birinchi dars qanday o‘tishini tushuntirishi kerakligi aytildi”, deb yozadi nashr.

Qayd etilishicha, o‘quvchilarga Sardorning hayot yo‘li va erishgan yutuqlari, fe’l-atvori (mehribonligi, mehnatsevarligi, aqli) haqida so‘zlab berilgan. Bunday darslar viloyatning barcha maktablarida o‘tkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 fevral kuni Ashxobodda Turkmaniston parlamentining yuqori palatasining navbatdan tashqari yig‘ilishida qatnashgan Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov endilikda Xalq maslahati raisi sifatida siyosiy tajribasini mamlakat taraqqiyotiga sarflash, o‘z o‘rnini yosh kadrlarga topshirish niyatida ekanini aytgandi. 

Kecha, 14 fevral kuni Turkmanistonda prezidentlik saylovi bo‘yicha saylov kampaniyasi boshlandi, uning birinchi bosqichi nomzodlarni ko‘rsatish bo‘ladi. Nomzodlar siyosiy partiyalar yoki fuqarolar guruhlari tomonidan ko‘rsatilishi mumkin. Mamlakatda uchta partiya bor: Demokratik partiya, Agrar partiya va Turkmaniston sanoatchilar va tadbirkorlar partiyasi.

Mamlakat Konstitutsiyasiga muvofiq prezidentlikka nomzodlar 40 yoshga to‘lgan, shu mamlakatda tug‘ilgan va unda so‘nggi 15 yil davomida doimiy yashayotgan va ishlagan fuqarosi bo‘lishi kerak. U yetti yilga saylanadi.

Sardor Berdimuhamedov 2021 yil fevralidan beri Turkmaniston Bosh vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. Shuningdek, u Axalteke yilqichilik xalqaro uyushmasi va “Turkman Alabay” xalqaro uyushmasiga rahbarlik qiladi.

Ma’lumot uchun, Turkmanistonni 2007 yildan beri asli kasbi shifokor bo‘lgan Gurbanguli Berdimuhamedov boshqarib kelmoqda. U bir vaqtning o‘zida Vazirlar Mahkamasi raisi, Parlament yuqori palatasi raisi va Oliy bosh qo‘mondon hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Sardor Berdimuhamedov

Baholaganlar

358

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing