“Toychoq bo‘lib chopib yurgan toy bola”. Turkmaniston Prezidentining o‘g‘li yangi lavozimlarga tayinlandi

Olam

image
0:00
0:00
download

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov o‘g‘li Sardor Berdimuhamedovni yangi lavozimlarga tayinladi.  

Endilikda Sardor Berdimuhammedov mavjud uchta rahbarlik lavozimidan tashqari, Turkmaniston tomonidan hukumatlararo turkman-rus va turkman-yapon tuzilmalariga rahbarlik qiladi. 

Joriy yilning fevral oyida 39 yoshli Sardor Berdimuhamedovga qo‘shimcha ravishda Bosh vazir o‘rinbosari lavozimi berilgandi. Bu unga Turkmaniston Xavfsizlik Kengashidan joy olishga, shuningdek, Turkmaniston Oliy Nazorat palatasi raisi lavozimini egallashga imkon beradi. 

Prezidentning o‘g‘li, shuningdek, "Turkman alabay itlari" xalqaro assotsiatsiyasining rahbari hisoblanadi. 

Uning mansab pog‘onasidan tez ko‘tarilishi kuzatuvchilar tomonidan 63 yoshli avtoritar Prezident o‘g‘lini taxtga voris sifatida tayyorlaytgan va yangi tayinlovlar hokimiyatni almashtirish ssenariysi, deb baholanmoqda. 

Turkmaniston Prezidentining o‘g‘li Sardor Berdimuhamedovning siyosiy faoliyati 2016 yil oxirida, o‘sha yil 20 noyabrda bo‘lib o‘tgan parlamentga qo‘shimcha saylovlardan so‘ng, u Turkmaniston parlamentining a’zosi etib saylangandan so‘ng boshlangan. 

O‘shandan beri Sardor Berdimuhamedovning ijtimoiy va siyosiy faoliyati o‘sishda davom etmoqda. 

Ma’lumot uchun, Sardor mamlakatdagi eng muhim hudud Axal viloyatini ham boshqargan. U bu lavozimga 2019 yil iyun oyida tayinlangan va 2020 yil fevral oyigacha hokim bo‘lgan. Viloyat hokimi bo‘lganida, u, xuddi otasinikidek kortejda harakatlanishi va qo‘l ostidagilarga "bo‘yningni uzaman" deyishni yaxshi ko‘rishi ma’lum bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Sardor Berdimuhamedov

Baholaganlar

1927

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing