Qozog‘istondagi voqealar Berdimuhamedovni taxtni topshirishga yetaklagan bo‘lishi mumkin – ekspert

Olam

image

Qozog‘istondagi “qonli yanvar” fojiasi, shuningdek, sog‘lig‘ida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning “yoshlarga yo‘l berish” qaroriga ta’sir ko‘rsatishi mumkin edi, buning ortidan 12 mart kuni muddatidan oldin prezidentlik saylovlari tayinlanganBu haqda TASS muxbiri bilan suhbatda Ye.M.Primakov nomidagi Rossiya Fanlar akademiyasining Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar milliy tadqiqot institutining possovet tadqiqotlari markazi katta ilmiy xodimi Stanislav Pritchin bildirgan. 

Ekspert ta’kidlaganidek, Turkmaniston prezidentining o‘g‘li Sardar Berdimuhamedovning so‘nggi yillardagi siyosiy faoliyati mamlakatda hokimiyat almashinuviga hozirlik ko‘rilayotganini ko‘rsatadi. 

“Qozog‘iston misoli shuni ko‘rsatdiki, hokimiyatni topshirishga oldindan tayyorgarlik ko‘rish kerak va vaziyat o‘zgarib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak”, deydi manba holatni sharhlar ekan. 

Pritchinga ko‘ra, katta Berdimuhamedov Parlament raisi lavozimini egallaydi va amalda davlat rahbari bo‘ladi.  

"U sekin-asta davlat ishlaridan uzoqlashadi, o‘g‘li esa mamlakat ravnaqi uchun javobgar bo‘ladi. Biz Qozog‘istonda kuzatganimizdek, shunday kuchli tandem bo‘lib chiqadi”, deydi eskpert. 

Yanvar oyi boshida Qozog‘istonda norozilik namoyishlari boshlanib, bir necha kundan keyin tartibsizliklarga aylangan. Ularning ishtirokchilari politsiya va harbiylarga hujum qilgan. Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev davlat to‘ntarishiga urinish haqida e’lon qildi. 7 yanvarga kelib vaziyat barqarorlashdi. Rasmiylarga ko‘ra, ushbu voqealar natijasida 200 dan ortiq odam halok bo‘lgan. 

Pritchin Turkmaniston parlamenti yuqori palatasining juma kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari yig‘ilishida mamlakatni yaqin 30 yilga rivojlantirish dasturi qabul qilinganiga e’tibor qaratdi.

“Ushbu dastur Berdimuhamedovning o‘z vorisiga bo‘lgan shunday siyosiy xohishidir. U yosh avlodga vasiyat qiladi, respublikani yanada rivojlantirish xaritasini beradi”, deya xulosa qildi ekspert. 

Tahlilchiga ko‘ra, muddatidan oldin saylovlar e’lon qilinishiga Turkmaniston Prezidentining sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar ham sabab bo‘lgan. 

“Bu hozir sodir bo‘layotgan versiyalardan biri:  Berdimuhamedov koronavirus bilan kasallangan va sog‘lig‘ida ma’lum asoratlar mavjud”, deydi Pritchin. 

Eslatib o‘tamiz, bugun, 14 fevral kuni Turkmanistonning amaldagi Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘g‘li 40 yashar Sardor Berdimuhamedov otasi rahbarligidagi Turkmaniston demokratik partiyasi 12 mart kuni bo‘lib o‘tadigan prezident sayloviga nomzod sifatida ko‘rsatildi.


Maqola muallifi

Teglar

Gurbanguli Berdimuhamedov Sardor Berdimuhamedov

Baholaganlar

180

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing