Turkiyadagi zilzilada o‘zbekistonlik ham qurbon bo‘ldi

Jamiyat

image

Turkiyadagi ro‘y bergan zilzilada bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana 4 kishi bedarak yo‘qolgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, bugun, 7 fevral kuni (Toshkent vaqti bilan) soat 10:00 holatiga ko‘ra, zilzila oqibatida Malatya provinsiyasida bir nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan.  

“Tashqi ishlar vazirligi marhumaning oila a’zolari va yaqinlariga o‘z hamdardligini bildiradi”, deyiladi xabarda. 

Bundan tashqari, to‘rt nafar o‘zbekistonlik bedarak yo‘qolgan. Ma’lum qilinishicha, ularni topish bo‘yicha tezkor qidiruv-qutqaruv ishlari amalga oshirilmoqda. 

“Hozirda zilzila oqibatida zarar ko‘rgan fuqarolarimizga tegishli yordam ko‘rsatish va ularning murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida O‘zbekistonning Anqara shahridagi Elchixonasi qoshida 24 soat faoliyat yuritadigan shtab tashkil etilgan bo‘lib, unga quyidagi raqam orqali murojaat qilish mumkin +90-538-035-85-34”, deyiladi TIV rasmiy bayonotida. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqiy viloyatlarida va Suriyaning bir qancha viloyatida 7,9 (dastlabki ma’lumotlarda 7,4) magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Keyinroq Turkiyada yana 7,7 magnitudali zilzila yuz berdi. Mamlakatda qurbonlar 3 ming 381 kishini tashkil etmoqda. Yaralanganlar esa 20 ming 426 nafarga yetgan. Qo‘shni Suriyada esa halok bo‘lganlar soni 1444 nafarni tashkil etib, 3530 kishi yaralangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiyadagi zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing