Turkiyada yana 7,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
Olam
−
06 fevral 2023
20386Bugun, 6 fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqida 7,4 (ba’zi manbalarda 7,9) magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Shundan so‘ng yana ko‘plab zilzilalar kuzatildi, ularning eng kuchlisi 6,6 balga teng bo‘lgan. Toshkent vaqti bilan 14:15 da Turkiya janubidagi Qahramanmarash viloyatidagi Elbistan tumanida yana kuchli zilzila qayd etildi. Bu haqda “TRT Haber” xabar berdi.
Aniqlanishicha, navbatdagi zilzila 7,6 magnitudada sodir bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 6 fevral kuni Turkiyaning Qahramanmarash viloyatining Pazarjik tumanida sodir bo‘lgan 7,4 magnitudali zilzila oqibatida mamlakatning yetti viloyatida 912 kishi qurbon bo‘ldi, 5385 kishi jarohatlandi.
Shuningdek, dunyoning bir qancha davlatlari – Gretsiya, Ukraina, Rossiya, Belgiya, Italiya, Isroil kabi davlatlar Turkiyaga yordam jo‘natishini ma’lum qildi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston ham kuchli zilziladan aziyat chekkan Turkiyaga insonparvarlik yordami jo‘natishini e’lon qildi. O‘zbekiston FVVga ko‘ra, Turkiyaga 60 nafar qutqaruvchilar hamda 3 ta maxsus avariya-qutqaruv texnikasi yuborilmoqda.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15