Turkiyaning Qahramonmarashida yana kuchli zilzila sodir bo‘ldi
Olam
−
23 mart 2023
43107Bugun, 23 mart kuni Turkiya janubi-sharqidagi Qahramonmarash viloyatida 5,3 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda Turkiya hukumati huzuridagi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish boshqarmasi (AFAD) xabar berdi.
Zilzila Moskva vaqti bilan 14:19 da qayd etilgan. Zilzila epimarkazi Go‘ksun tumanida joylashgan. To‘rt daqiqadan so‘ng yana 4 magnitudali silkinish qayd etilgan. AFAD rahbari Yunus Sezerning so‘zlariga ko‘ra, mutaxassislar yangi zilzila zonasida ishlamoqda, oqibatlarini o‘rganmoqda.
Ayni paytda aholidan vayronalar va qurbonlar borligi haqida ma’lumotlar kelib tushmagan. Go‘ksun tumani ma’muriyati rahbari Husayn Oydin jurnalistlarga ma’lum qilishicha, okrugdagi dastlabki o‘rganish natijalariga ko‘ra, hech qanday favqulodda holat va vayronalar qayd etilmagan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 fevral kuni Turkiya janubi-sharqidagi Qahramonmarash viloyatida 7,7 va 7,6 magnitudali ikkita vayronkor zilzila sodir bo‘ldi. Yer qimirlashlari va minglab yerosti silkinishlari respublikaning 11 viloyati va qo‘shni mamlakatlarda sezilgan bo‘lib, ulardan Suriya eng ko‘p jabr ko‘rgan. Turkiyada qurbonlar soni 50 mingdan oshdi. Turkiyaga yetkazilgan tabiiy ofatdan jami zarar, BMT prognozlariga ko‘ra, 100 milliard dollardan oshishi mumkin.