Suriyada zilzila qurbonlari soni 1500 nafarga yaqinlashdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Suriyaning bir necha viloyatida yuz bergan zilzilada halok bo‘lganlar soni 1444 nafarni tashkil etdi va 3530 kishi yaralandi. Bu haqda “Deutsche Welle” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Turkiya va Suriyada sodir bo‘lgan kuchli zilzila va undan keyingi silkinishlar bir qancha viloyatlarda ko‘plab binolarning qulashiga olib kelgan. Xususan, Damashq nazorati ostida bo‘lmagan hududlarda yana 733 kishi halok bo‘lgan.

Avvalroq Suriya davlat matbuot xizmati Suriyada qurbonlar soni 600 nafarga yaqinlashgani haqida ma’lumot bergan edi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqiy viloyatlarida va Suriyaning bir qancha viloyatida 7,9 (dastlabki ma’lumotlarda 7,4) magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Keyinroq Turkiyada yana 7,7 magnitudali zilzila yuz berdi.

Hozirga qadar kelib tushgan ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila oqibatida Turkiyada 2 921 nafar kishi halok bo‘lgan va 5 606 ta bino vayron bo‘lgani aniqlangan.

Buning ortidan Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an mamlakatda 7 kunlik milliy motam bo‘lishi haqidagi hujjatni imzoladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing