Zilzila qurbonlari soni 2 921 nafarga yetdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Turkiya janubi-sharqida ro‘y bergan zilzila qurbonlari soni 2 921 nafarga yetdi, 15 834 kishi esa jabrlandi. Bu haqda Turkiya Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) xabar berdi.

Shuningdek, yer silkinishi oqibatida mamlakatda 5 606 ta bino vayron bo‘lgani aniqlangan.

Avvalroq respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Fahrettin Kojaga ko‘ra, qurbonlari soni 1651 kishiga yetib, 11 mingdan ortiq kishi jarohat olgan edi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yining 6 fevral kuni Turkiya janubi-sharqidagi Qahramonmarash viloyatida 7,7 magnitudali kuchli zilzila yuz bergan edi. Keyinroq Turkiyada yana 7,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Qo‘shni Suriyada 600 ga yaqinlashgan edi.

Buning ortidan Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an mamlakatda 7 kunlik milliy motam bo‘lishi haqidagi hujjatni imzoladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing