Zilzila qurbonlari yana 110 nafarga ortdi

Olam

image

Turkiya janubi-sharqida ro‘y bergan zilzila qurbonlari soni 1651 kishiga yetdi, 11 mingdan ortiq kishi jarohat oldi. Bu haqda bugun, 6 fevral kuni mahalliy televideniye efirida Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Fahrettin Koja ma’lum qildi. 

“Ayni damda Qahramonmarashdagi zilzila oqibatida 1651 kishi halok bo‘ldi, 11119 ming kishi jarohatlandi. 3471 ta bino vayron bo‘ldi”, deydi u. 

Avvalroq respublika vitse-prezidenti Fuat O‘qtay 1541 kishi halok bo‘lgani va 9733 kishi jarohat olgani haqida xabar bergan edi. Unga ko‘ra, 3471 ta bino qulagan. 

Eslatib o‘tamiz, bugun, 6 fevral kuni Turkiya janubi-sharqidagi Qahramonmarash viloyatida 7,7 magnitudali kuchli zilzila yuz berdi. Keyinroq Turkiyada yana 7,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Qo‘shni Suriyada 460 dan ortiq odam halok bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiyadagi zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing