Turkiyada yana yangi zilzila sodir bo‘ldi
Olam
−
14 mart 2023
34600Bugun, 14 mart kuni Turkiyada 4,7 magnitudali yangi zilzila qayd etildi. Bu haqda Yevropa-O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi xabar berdi.
Zilzila epimarkazi 376 mingga yaqin aholi istiqomat qiladigan Qahramonmarash shahridan 54 km shimolda joylashgan. Manba 5 km chuqurlikda joylashgan.
Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumotlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 fevral kuni Turkiya janubi-sharqidagi Qahramonmarash viloyatida 7,7 va 7,6 magnitudali ikkita vayronkor zilzila sodir bo‘ldi. Yer qimirlashlari va minglab yerosti silkinishlari respublikaning 11 viloyati va qo‘shni mamlakatlarda sezilgan bo‘lib, ulardan Suriya eng ko‘p jabr ko‘rgan. Turkiyada qurbonlar soni 48 mingdan oshdi. Turkiyaga yetkazilgan tabiiy ofatdan jami zarar, BMT prognozlariga ko‘ra, 100 milliard dollardan oshishi mumkin.