Suriyada zilzila qurbonlari soni 600 ga yaqinlashdi

Olam

image

Bugun, 6 fevral kuni Turkiya va Suriya hududlarida sodir bo‘lgan zilzila oqibatida ko‘plab binolar vayron bo‘ldi va minglab odamlar halok bo‘ldi. Xususan, Suriyada qurbonlar soni 600 nafarga yaqinlashdi. Bu haqda “Interfax” xabar berdi.

Suriya davlat matbuotiga ko‘ra, rasmiylar nazorati ostidagi hududlarda 371 kishi halok bo‘lgan, yana 1089 kishi jarohatlangan. Bundan tashqari, isyonchilar tomonidan bosib olingan hududlarda ishlayotgan qutqaruvchilar u yerda 221 kishi halok bo‘lganini ma’lum qilgan.

Shuningdek, Turkiya va Suriyada sodir bo‘lgan kuchli zilzila va undan keyingi silkinishlar bir qancha viloyatlarda ko‘plab binolarning qulashiga olib kelgan. Silkinishlar Livan, Iordaniya va Isroilda ham sezilgan. Kunning ikkinchi yarmida Turkiyada yana bir kuchli zilzila sodir bo‘lgan. Yangi vayronagarchiliklar va ular tufayli qurbonlar haqida ma’lumot hozircha mavjud emas.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 6 fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqiy viloyatlarida 7,9 (dastlabki ma’lumotlarda 7,4) magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘ldi.

Hozirga qadar kelib tushgan ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila oqibatida Turkiyada 1014 kishi qurbon bo‘ldi, 5 mingdan ortiq kishi jarohatlandi. 2 800 dan ziyod bino vayron bo‘ldi, vayronalar ostidan hozirgacha 2 500 ga yaqin kishi olib chiqildi.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing